«Bornmut» hujumchisi Eli Junior Krupi «Barselona» radariga tushdi. U kataloniyaliklarning qisqa ro'yxatidan Xulian Alvaresga muqobil variantlardan biri sifatida joy olgan.

«Barselona» selektsiya xizmati Krupining imkoniyatlarini yuqori baholamoqda. Shuningdek, yosh iqtidorni o'z safiga qo'shib olishni «Tottenxem» ham istamoqda. «Shporlar» frantsuz uchun taxminan 100 million evro to'lashga tayyor.

Qayd etilishicha, «Barselona» Krupi uchun 100 million evro to'lash fikridan yiroq. Biroq kataloniyaliklar futbolchiga «Tottenxem»ga qaraganda ancha yuqoriroq sport ambitsiyalarini taklif qila olishlari mumkin.

Manba: Stadion.uz