O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari — Eldor Shomurodov hamda Abbosbek Fayzullaev harakat qilayotgan “Bashakshehir” klubi 2025/26-yilgi mavsumda Evropa Konferentsiyalar Ligasi saralash bosqichida ishtirok etadi.

Istanbul klubining evrokuboklarga chiqishiga Turkiya Kubogi finalidagi natija sabab bo'ldi. 22 may kuni bo'lib o'tgan hal qiluvchi bahsda “Trabzonspor” “Konyaspor”ni 2:1 hisobida mag'lub etib, bosh sovrinni qo'lga kiritdi. Odatdagi qoidalarga ko'ra, kubok g'olibi Konferentsiyalar Ligasiga yo'llanma olishi kerak edi. Biroq “Trabzonspor” Turkiya Superligasini 3-o'rinda yakunlagani sababli Evropa Ligasida qatnashish huquqini qo'lga kiritib bo'lgan.

Natijada, Evropa Konferentsiyalar Ligasi uchun ajratilgan yo'llanma chempionatda 5-o'rinni egallagan “Bashakshehir” jamoasiga nasib etdi.

Manba: daryo.uz