Hamyurtimiz Eldor Shomurodov Turkiya chempionati 10-tur ramziy jamoasiga kiritildi.

30 yoshli hujumchimiz "Istanbul Bashakshehir" safida "Antalyaspor"ga qarshi bahsda dubl qayd etdi va SofaScore tomonidan 8,7 ballga loyiq ko'rildi.