Eldor Shomurodov to'purarlar ro'yxatidagi raqobat haqida o'z fikrlarini bildirdi

"Istanbul Bashakshehir" hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya chempionati to'purarlar ro'yxatidagi raqobat haqida o'z fikrlarini bildirdi.
30 yoshli hamyurtimiz 12 ta gol bilan liga to'purari hisoblanadi.
— Gollar bo'yicha peshqadamsiz. Onuachu, Ikardi va Taliska kabi o'yinchilar sizdan orqada. Bu raqobat haqida nima deysiz?”
— To'purarlik poygasida bo'lish menga yoqadi, lekin men uchun eng muhim narsa — jamoaviy g'alabalar va turnir jadvalida yuqoriga ko'tarilish», - dedi Shomurodov "Gaziantep"ga qarshi o'yindan so'ng.