O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi va sardori Eldor Shomurodov rossiyalik sobiq futbolchilari Andrey Arshavin hamda Vladislav Radimov bilan suhbatda nega o'zbekistonlik futbolchilar Rossiya Premer-ligasi klublarida kamayib ketganini izohladi.

«Hozir O'zbekiston futbolchilariga barcha mamlakatlardan qiziqish bor, ko'plab skautlar kelyapti. Ilgari Rossiya biz uchun o'ziga xos tramplin edi — u erdan Evropaga chiqish osonroq bo'lardi. Rossiya orqali Evropaga ketish ancha engil edi. Hozir esa klublar futbolchilarni to'g'ridan-to'g'ri kuzatishyapti.

Bundan tashqari, Rossiyaga borish bilan bog'liq siyosiy muammolar ham bor, keyin Evropaga o'tish qiyinlashadi. Shu sababli, menimcha, u erda o'zbekistonlik futbolchilar soni kamaydi», — dedi Shomurodov.

Eslatib o'tamiz, Shomurodov faoliyati davomida Rossiyaning «Rostov» klubida ham to'p surgan.

Manba: sport24.ru