"Elche" bosh murabbiyi Xabi Alonsoni himoya qildi

"Elche" bosh murabbiyi Eder Sarabiya "Real"dagi hamkasbi Xabi Alonsoni himoya qildi.
"Unga nisbatan adolatsiz munosabatda bo'lishmoqda, hech kim uning "Real" boshqaruvidagi birinchi yili ekanini aytmayapti. Mish-mishlar uni xafa qilayotganini ko'rib turibman, ammo umid qilamanki, u bu vaziyatdan chiqib ketadi," - deya Sarabiyaning so'zlarini keltiradi Radioestadio Noche.
Eslatib o'tamiz, Xabi Alonso yozda "Real"ni qabul qilib olgan edi.