El-Shaaravi «Ash-Shabab»ga o'tishi mumkin

Italiyalik hujumchi Stefan El-Shaaravi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
Ma'lumotlarga ko'ra, «Ash-Shabab» tajribali futbolchini o'z safiga qo'shib olishdan jiddiy manfaatdor.
Ayni vaqtda El-Shaaravi «Roma» sharafini himoya qilmoqda. Uning Rim klubi bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etib bormoqda va shu bois futbolchi erkin agentga aylanishi mumkin.
Manbalarga ko'ra, italiyalik vingerga «Venetsiya» va «Jenoa» klublari ham qiziqish bildirgan. Biroq Saudiya Arabistonidan kelgan taklif moliyaviy jihatdan ancha jozibador hisoblanadi.
Xabar qilinishicha, «Ash-Shabab» El-Shaaraviga bir mavsum uchun 9 million evro maosh to'lashga tayyor.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar