El Nacional «Real» Valverdeni sotishga tayyor bo'ladigan shartni ma'lum qildi

Madridning «Real» klubi yarim himoyachi va jamoa sardori Federiko Valverdeni sotishga intilmayapti, chunki u «qaymoqranglilar» tarkibidagi eng obro'li va ta'sir doirasiga ega futbolchilardan biri hisoblanadi. Bu haqda El Nacional nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Qirollik klubi» Valverdeni sotish variantini faqatgina unga qiziqish bildirayotgan jamoa 100 million evrodan sezilarli darajada yuqori bo'lgan summa taklif qilsagina ko'rib chiqadi. Bundan tashqari, «Real» murabbiylar shtabi uning o'rniga munosib nomzod topa olishiga ko'zi etishi kerak.
Valverdening obro'si baland bo'lishiga qaramay, yarim himoyachi Orelen Tchuameni bilan sodir bo'lgan mushtlashuvdan so'ng, u klubda «daxlsiz futbolchi» maqomini yo'qotgani alohida ta'kidlangan.
Yakunlangan mavsumda urugvaylik futbolchi barcha turnirlarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga to'qqizta gol va 13 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. O'yinchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 90 million evroni tashkil etadi.