Mavsumdagi ilk "el-klasiko" - "Real Madrid" va "Barselona" o'yini kelasi hafta oxirida bo'lib o'tadi.

O'yin "Real Madrid"ning uy maydonida bo'lib o'tadi va klub chiptalar narxini bir kun avval e'lon qildi. Eng maqbul variantlar 100 evrodan boshlanadi, VIP kirish esa 990 evroga tushadi.

Bu "Real Madrid" uchun so'nggi yillardagi eng yuqori ko'rsatkich, hattoki "Yuventus"ga qarshi Chempionlar ligasi o'yinlari uchun ham VIP chiptalar narxi 440 evrodan boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, “Real” turnir jadvalida 21 ochkoga ega, “Barselona” esa 19 ochkoga ega.