Ekspertlar Italiya va Bosniya o'yini uchun o'z prognozlarini e'lon qilishdi

Bugun, 31 mart kuni Jahon chempionati — 2026 saralash bosqichining hal qiluvchi final pley-off o'yinlari bo'lib o'tadi. Ulardan birida Bosniya va Gertsegovina hamda Italiya terma jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi.
Ekspertlarning fikriga ko'ra, Italiya terma jamoasining asosiy vaqtda g'alaba qozonish ehtimoli 63,9% ni tashkil etadi. Bosniya va Gertsegovinaning g'alabasi 12,7% ga, durang natija esa 23,4% ga baholanmoqda.
Umumiy natijaga ko'ra (keyingi bosqichga chiqish imkoniyati), Italiya terma jamoasining zafari 77,3%, Bosniya va Gertsegovinaniki esa 22,7% deb hisoblanmoqda.