Ekspert: "Yuventus" Skudetto uchun raqobatlasha olmaydi

Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Fabritsio Ravanelli A Seriyaning joriy mavsumidagi oltin medallar uchun kurash haqida gapirdi.
Mutaxassisning fikricha, chempionlik poygasida "Milan" va "Inter" favorit bo'lib turibdi, "Yuventus"da esa sovrin uchun imkoniyat bo'lishi uchun yana bir-ikki yil kerak.
"Milan" va "Inter" Skudetto uchun oxirigacha kurashadi. "Yuventus"ga vaqt kerak, hozir ular bunday jamoalar bilan raqobatlasha olmaydi. Bosh direktor va butun rahbariyatga xotirjam ishlash imkoniyatini berish kerak," - deya Ravanellining so'zlarini keltiradi Corriere dello Sport.
"Milan" va "Inter" A Seriyada mos ravishda birinchi va ikkinchi o'rinlarni egallab turibdi. "Rossonerilar" hisobida 17 ochko bor, "neradzurrilar" esa undan ikki ochko kam jamg'argan. "Yuventus" 12 ochko bilan turnir jadvalida ettinchi o'rinda bormoqda.
Kommentariyalar