Ekspert hakamlar guruhi «Paxtakor» va «Buxoro» uchrashuvidagi bahsli vaziyat yuzasidan xulosa berdi

«Paxtakor» va «Buxoro» jamoalari o'rtasidagi O'zbekiston kubogi final uchrashuvida «Buxoro» jamoasi tomonidan kiritilgan gol hisobga olinmadi.
VAR tekshiruvi natijasiga ko'ra, birinchi holatda «Buxoro»ning 93-raqamli futbolchisi ofsayd holatida bo'lgan, ikkinchi vaziyatda esa 22-raqamli futbolchi ham o'yindan tashqari holatda bo'lgan. Shu sababli ushbu futbolchilar hujum epizodida faol ishtirok etgani sababli golni inobatga olmadi.
Quyidagi suratda vaziyatning ofsayd chizig'i aniq ko'rinmoqda — «Buxoro» futbolchisi himoyachidan oldinda joylashgan.


Manba: uzfhm.uz