EKL. “Kristal Pelas” Norvegiyada durang o'ynab, guruh bosqichiga yo'l oldi

Evropa Konferentsiyalar ligasida so'nggi saralash bosqich javob o'yinlari davom etmoqda.
“Kristal Pelas” Norvegiyada “Fredrikstad”ga qarshi 0:0 hisobida durang qayd etdi.
Dastlabki o'yinda “burgutlar” 1:0 hisobida g'alaba qozongandi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra, inglizlar turniring guruh bosqichiga yo'llanma oldi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Evropa Konferentsiyalar ligasi finalida “Chelsi” klubi “Betis”ni mag'lub etib, chempionlikni qo'lga kiritgandi.
EKL. So'nggi saralash bosqichi.
"Fredrikstad" - "Kristal Pelas" 0:0
Birinchi o'yin: 0:1