Ekitikeni o'ziga sarflangan pullar qiziqtirmaydi

Yugo Ekitikeni "Liverpul" uning uchun katta miqdorda pul to'lagani xavotirga solmayapti.
Yozda frantsiyalik forvard 95 mln evro evaziga "Ayntraxt"dan "Liverpul"ga o'tgandi.
"Menga baribir. Shunchaki futbolga e'tibor qaratyapman. Bu haqda istagancha gapirish mumkin. Futbol o'zgardi.
Agar katta transfer bo'lsa, nima qilish kerak? Futbol o'ynash," - dedi Ekitike Canal+’ga bergan intervyusida.
APLning beshta o'yinida Yugo 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.