Ekitikeni e'tirof etishdi

"Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasidagi jamoadoshi Ugo Ekitikening "Liverpul"dagi muvaffaqiyati haqida fikr bildirdi.
23 yoshli futbolchi shanba kuni Premer-ligada "Nyukasl" ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi g'alabada ikkita gol urdi.
Hujumchi Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida o'nta gol urdi. "Super yulduz", deb yozdi Mbappe Ekitikening ijtimoiy tarmoqdagi postiga izohlardan birida.