Ugo Ekitike APLning so'nggi uchta o'yinida beshta gol urdi.

Kecha "Liverpul" forvardi 66-daqiqada "Tottenxem" darvozasini ishg'ol qildi. 13 dekabr kuni u "Brayton" bilan, 6-kuni "Lids" bilan o'yinda dubl qayd etgandi.

Frantsiyalik futbolchi Angliya chempionatida 16 o'yinda 8 ta gol urgan. U to'purarlar ro'yxatida faqat Erling Xoland (19), Igor Tiago (11) va Antuan Semeno (11) dan ortda qolmoqda.