Yugo Ekitike jarohat sababli «PSJ»ga qarshi kechayotgan javob uchrashuvini (0:0, birinchi bo'lim) davom ettira olmadi.

«Liverpul» hujumchisi raqib bilan to'qnashuvsiz, noqulay tarzda toyib ketdi va 32-daqiqada zaxiraga olindi.

Frantsiyalik futbolchini maydondan zambilda olib chiqib ketishdi, uning o'rniga Muhammad Saloh maydonga tushdi.