«Liverpul» va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Ugo Ekitike Londonda operatsiya qilindi. Bu haqda L’Equipe nashri xabar bermoqda.

Futbolchi Chempionlar ligasi doirasida «PSJ»ga qarshi kechgan bahsda o'ng oyog'idagi axill payini uzib olgan va natijada safdan chiqqan edi. Manbaning ma'lum qilishicha, jarrohlik amaliyoti 18 aprel kuniyoq bo'lib o'tgan. Unda «Liverpul» futbolchilari bilan ishlashda katta tajribaga ega bo'lgan shifokorlar ishtirok etishdi.

Frantsiya nashrining ta'kidlashicha, tibbiy muolaja bir yil avval xuddi shunday jarohat olgan NBA yulduzi, mashhur basketbolchi Jeyson Teytumni operatsiya qilgan jarroh tomonidan masofaviy tarzda nazorat qilib turilgan. Ekitikening 2026-27 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida maydonga qaytishi kutilmoqda. Joriy mavsumda u 45 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirishga ulgurgan edi.