"Liverpul" hujumchisi Ugo Ekitike jamoaning joriy mavsumdagi muammolari haqida gapirdi.

"Qizillar" Premer-liga 11-turidan keyin 18 ochko bilan turnir jadvalida atigi sakkizinchi o'rinda bormoqda.

"Biz birgalikda harakat qilishimiz va bir-birimizni qo'llab-quvvatlashimiz kerak - oldinda murakkab o'yinlar kutib turibdi. Men o'zimga ishonaman. O'ylaymanki, biz bundan foyda olishimiz mumkin. Bu biz uchun ko'p narsaga qodir ekanligimizni isbotlash uchun ajoyib imkoniyat," - deya 23 yoshli frantsuzning so'zlarini keltiradi Anything Liverpool.

Oy oxirigacha "Liverpul" "Byornli" (22.11), PSV (26.11) va "Vest Xem" (30.11) klublari bilan kuch sinashadi.