O'tgan yozda "Liverpul" birdaniga ikki qimmatbaho hujumchi - Ugo Ekitike va Aleksandr Isakni o'z safiga qo'shib olgandi. Iyul oyida "qizillar" frantsiyalikni "Ayntraxt"dan 95 mln evro evaziga sotib olgandi. Aleksandr uchun "Liverpul" bonuslarni hisobga olmaganda taxminan 145 million evro to'lagan.

Jurnalist Jyulen Lorenning yozishicha, Ekitike Isakning ehtimoliy transferi haqida bilganida, transferdan voz kechishi mumkin edi. Endi niderlandiyalik murabbiy ikki hujumchi o'rtasida o'yin vaqtini taqsimlashiga to'g'ri keladi.