"Liverpul" hujumchisi Ugo Ekitike jamoadoshlaridan qaysi birini eng yaqin do'stlari deb bilishini aytdi.

23 yoshli frantsuz klubga shu yilning iyul oyida "Ayntraxt Frankfurt"dan 95 million evro evaziga qo'shildi.

"Liverpul"dagi eng yaqin do'stim? Men hamma bilan yaxshi chiqishaman. Agar birini tanlashim kerak bo'lsa, ehtimol Jeremi (Frimpong)ni aytardim, chunki u juda xushchaqchaq yigit. Shuningdek, Ibraima Konateni ham tilga olardim", - dedi frantsuz hujumchisi.

"Liverpul" shanba kuni Premer-ligada "Tottenxem" bilan safarda o'ynaydi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da boshlanadi.