"Liverpul" hujumchisi Ugo Ekitike Aleksandr Isakning jarohatiga munosabat bildirdi.

«Bardam bo'ling, aka. Tezroq sog'ayib keting!», - deb yozdi Ekitike o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o'tamiz, Isakda to'piq jarohati va kichik boldir suyagi sinishi tashxisi qo'yilgan. U uzoq muddatga safdan chiqdi. OAV ma'lumotiga ko'ra, "Liverpul" qishda shvetsiyalik futbolchi o'rniga yangi forvardni o'z safiga qo'shib olmoqchi.