"Liverpul" hujumchisi Yugo Ekitike klub safidagi so'nggi 5 o'yinda 6 ta samarali harakat amalga oshirdi.

Bugun frantsiyalik futbolchi APLning 18-turidan o'rin olgan "Vulverxempton"ga (2:0, tanaffus) qarshi bahsda Florian Virtsga assistentlik qildi.

Bundan oldingi to'rtta o'yinda Ekitike 5 ta gol urgan.