Yozgi transfer oynasida "Liverpul"ga o'tgan frantsiyalik hujumchi Ugo Ekitike futbol tarixidagi eng yaxshi forvard kim ekanligini aytdi.

"Bu Karim Benzema. Men uni tarixdagi eng yaxshi hujumchi deb hisoblayman," - deya futbolchining so'zlarini keltiradi ESPN.

Benzema "Oltin to'p" sohibi hisoblanadi. Evropada u Madridning "Real" klubidagi uzoq yillik faoliyati bilan shuhrat qozongan.