Singapur mezbonligidagi para suzish bo'yicha Jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Egor Bolotov oltin medalga ega chiqdi.

S13 toifasidagi bahslarda ishtirok etayotgan hamyurtimiz 100 m masofaga chalqancha suzish dasturida 58.97 soniyada marra chizig'iga etib borib, barcha raqiblaridan ustun keldi va termamiz hisobiga ikkinchi medalni taqdim etdi.

Jahon chempionati
Erkaklar o'rtasida 100 m masofaga chalqancha suzish (S13 klass)

1. Egor Bolotov (O'zbekiston) — 58.97
2. Tomas van Vaanroy (Niderlandiya) — 59.35
3. Oleksey Virchenko (Ukraina) — 59.45

Egor kecha 100 m masofaga erkin usulda suzish bahslarida bronza medaliga ega chiqqandi. Biroz oldin yakunlangan ayollar o'rtasida 100 m masofaga chalqancha suzish finalida vakilmiz Mubinabonu Xalilova (S13) ettinchi bo'ldi. Oldinda Sardor Baxtiyorov (S7) ishtirokidagi hal qiluvchi bahs kutmoqda.

Manba: minsport.uz