Eduardo Kamavinganing «Real»dagi kelajagi nimaga bog'liqligi ma'lum bo'ldi

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga yozgi transferlar oynasi vaqtida sotib yuborilishi mumkin.
Ma'lumki, frantsiyalik futbolchi hech qaerga ketishni istamayapti. Marca nashri xabariga ko'ra, 23 yoshli futbolchi uchun mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida o'zini ko'rsatish juda muhim ahamiyat kasb etadi, shu orqali u Joze Mourino va «qaymoqranglilar» rahbariyatini o'z salohiyatiga ishontirishi kerak. Futbolchining jamoani tark etishni istamayotganiga qaramay, klubda uni sotish imkoniyati hali ham istisno qilinmayapti.
Eduardo Kamavinganing «Real» bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali yarim himoyachini 50 million evroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar