Edersonning «Manchester Yunayted»dagi bo'lajak maoshi ma'lum bo'ldi

«Atalanta» yarim himoyachisi Ederson Lourensoning «Manchester Yunayted»ga o'tganidan so'ng qancha maosh olishi ma'lum bo'ldi.
Insayder Nikolo Skiraning ta'kidlashicha, yaqin soatlar ichida 26 yoshli Ederson tibbiy ko'rikdan o'tadi. Shundan so'ng futbolchi «Manchester Yunayted» bilan 2031 yilgacha bo'lgan shartnomaga imzo chekadi va yiliga 5 million evro maosh oladi. Kelishuv summasi 45 million evroni tashkil etadi.
2025/26 yilgi mavsumda Ederson barcha musobaqalarda 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, uch marta raqib darvozasini ishg'ol qildi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Jahon chempionati – 2026 guruh bosqichining Marokashga qarshi (1:1) birinchi tur uchrashuvida braziliyalik futbolchi maydonga tushmadi.