Ederson yangi klubiga rozilik bildirdi

"Fenerbaxche" "Manchester Siti" darvozaboni Ederson bilan shartnoma imzolaydi.
“Shaharliklar” 13-14 million evrolik taklifni qabul qilishdi va 32 yoshli braziliyalikning o'zi ham turk klubiga rozilik bilan javob berdi, deya xabar beradi insayder Fabritsio Romano.
Ederson uchun allaqachon yulduz o'rnini bosuvchi futbolchi tayyor: uning o'rnini Janluidji Donnarumma egallaydi.