Ederson Turkiyada yiliga qancha ishlab topishi ma'lum bo'ldi

Ederson "Fenerbaxche"da yiliga 11 mln evro maosh oladi.
Turkiya klubi "Manchester Siti" bilan 32 yoshli darvozabon transferi bo'yicha kelishuvga erishganini ma'lum qildi.
Darvozabon allaqachon transferni yakunlash uchun Istanbulga etib kelgan.
Fanatik xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi jamoa bilan yana bir mavsumga uzaytirish sharti bilan uch yillik shartnoma imzolaydi. Darvozabonning maoshi yiliga 11 million evroni tashkil etadi.
Avvalroq, "Fenerbaxche" Ederson uchun 13-14 million evro atrofida to'lashi haqida xabarlar tarqalgan edi.