Ederson "Man Siti" muxlislari bilan vidolashdi.

"Oxirgi sakkiz yil davomida ko'rsatgan qo'llab-quvvatlashingiz uchun sizlarga chuqur minnatdorchilik bildirmoqchiman.

Siz mening qalbimda abadiy qolasiz. Men hamma narsani sog'inaman! Klubni, odamlarni, barcha narsani. Bu erda, "Etihad"dagi o'yinlarni sog'inaman", - dedi "Fenerbaxche"ga o'tgan "Man Siti"ning sobiq darvozaboni.