Italiyalik insayder Nikolo Skira xabariga ko'ra, markaziy yarim himoyachi Ederson «Manchester Yunayted» bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma borasida shaxsiy shartlarni kelishib oldi (yillik maoshi 5 million evro).

«MYu» ushbu transferni yakunlash uchun «Atalanta» klubiga 45 million evro taklif qilishga tayyor.

26 yoshli futbolchi joriy mavsumda jami 41 ta o'yinda 3 ta gol urib, 2 ta assist berdi. U "pentakampeonlar" bilan Jahon chempionatida ishtirok etadi.