Ederson faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin

«Atalanta» safida to'p surayotgan braziliyalik yarim himoyachi Edersonda Angliya Premer-ligasida o'ynash varianti paydo bo'ldi. Bu haqda insayder Rudi Galetti ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Manchester Yunayted» futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi. «Qizil iblislar» 26 yoshli ijrochining ehtimoliy transferi bo'yicha ma'lumot so'rashgan.
Edersonning bozor qiymati 40 million evroga baholanmoqda. Braziliyalik futbolchining bergamoliklar bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida nihoyasiga etadi.
Joriy mavsumda yarim himoyachi 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga ikkita gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.