Ederson bo'yicha muzokaralar davom etadi

"Fenerbaxche" "Manchester Siti" bilan darvozabon Ederson bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. FootMercato sahifalarida yozilishicha, "kanareykalar"ning so'nggi og'zaki taklifi 12 million evro va turli bonuslarni tashkil qilgan. Biroq, "shaharliklar" 32 yoshli Ederson uchun 15 million evro olishni istamoqda.
Manbaning ta'kidlashicha, Edersonning transferi Janluiji Donnarummaning "PSJ"dagi vaziyatini ochib berishi mumkin. "Manchester Siti" 26 yoshli italiyalik futbolchini qo'lga kiritishga faqat Ederson ketgan taqdirdagina urinib ko'rishga tayyor bo'ladi. Yaqin soatlar hal qiluvchi bo'lishi mumkin.
Xabaringiz bor, Donnarumma yangi shartnoma bo'yicha muvaffaqiyatsiz muzokaralardan so'ng "PSJ"da o'ynamayapti.