Eder: «Ronaldu Portugaliya terma jamoasi uchun juda muhim»

Portugaliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Eder 41 yoshli hujumchi Krishtianu Ronalduning 2026 yilgi jahon chempionatidagi ishtiroki borasida o'z fikrini bildirdi.
«Ronaldu jamoaga juda ko'p foyda keltirdi va u hali ham terma jamoa uchun muhim figura hisoblanadi. Krishtianu hanuzgacha Portugaliya terma jamoasidagi eng tezkor futbolchilardan biri bo'lib qolmoqda. Jamoada uni har tomonlama qo'llab-quvvatlashlari va u uchun golli vaziyatlar yaratib berishlari juda muhim», — deya Ederning so'zlarini keltiradi A Bola nashri.
Jahon chempionatining guruh bosqichida Krishtianu ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Jahon chempionatining 1/16 final bosqichida Portugaliya terma jamoasi Xorvatiya milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar