Eder Militao: «Muammolarim va JCh-2026 dan mahrum bo'lganimda Xabi Alonso aybdor»

Madridning «Real» klubi himoyachisi Eder Militao jamoadagi muammolarining asosiy aybdorini topdi. Braziliyalik futbolchi joriy mavsumda jarohatlari sababli juda ko'p uchrashuvlarni o'tkazib yubordi. Uning fikricha, bunda jamoaning sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso aybdor.
Militaoning ta'kidlashicha, Alonso deyarli maydonga tushmagan ikki mavsumlik tanaffusdan so'ng, uni juda erta safga qaytargan.
Braziliyalik himoyachining ishonchi komil: aynan mana shu shoshqaloqlik joriy mavsumda unda ikki marta mushak shikastlanishi yuzaga kelishiga sabab bo'lgan. Ketma-ket kelgan ushbu jarohatlar tufayli Eder 2026 yilgi Jahon chempionatini ham o'tkazib yuboradigan bo'ldi.