Eden Azar velopoygada 167 km bosib o'tdi (video)

Madridning «Real» va Londonning «Chelsi» klublari sobiq yarim himoyachisi Eden Azar, 2023 yilda professional faoliyatini yakunlagan bo'lsa-da, hanuz yaxshi jismoniy holatda ekanini namoyon etmoqda.
28 mart kuni 35 yoshli belgiyalik Mayorkada bo'lib o'tgan Evropadagi eng nufuzli havaskor velopoygalardan biri — Mallorca 312 musobaqasida ishtirok etdi.
Azar Serra-de-Tramontana tog' tizmalari orqali o'tuvchi murakkab yo'nalishda 167 kilometr masofani bosib o'tdi.
Eden Hazard just crushed a massive 225km cycling challenge in the stunning roads of Mallorca... and wrapped it up the only way legends do — with a well-earned cold beer in hand.
— Futball Centa (@futballcenta) March 28, 2026
What a vibe!
pic.twitter.com/7NqMsH0rXf
Manba: sport24.ru