"Arsenal" yarim himoyachisi va sardori Martin Edegor FIFA kunlarida Norvegiya terma jamoasi qarorgohiga boradi.

Sami Mokbel xabariga ko'ra, 26 yoshli futbolchi Norvegiyani yaqinlashib kelayotgan Estoniya va Italiyaga qarshi o'yinda yaqindan qo'llab-quvvatlash uchun jamoa oldiga boradi. Shu bilan birgan futbolchi jarohatini davolashda davom etadi.

Ma'lumot uchun, Norvegiya 1998 yildan buyon ilk bor JChga chiqishga yaqin turibdi.