Edegor: «O'zimizga to'liq ishonamiz»

Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Martin Edegor EChL finalida «PSJ»ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
«Men futbol o'ynashni boshlaganimdan beri ushbu sovrinni qo'lga kiritishni orzu qilganman. Uyim yonidagi kichik maydonchada o'ynab yurgan kezlarimdayoq finalda ishtirok etish va g'olib bo'lish haqida orzu qilganman. Bu orzu butun umrim davomida men bilan birga bo'lgan», — deya UEFA saytidan iqtibos keltiradi Edegor.
«Biz ko'plab kuchli jihatlarga ega yaxshi jamoaga qarshi o'ynaymiz, ammo biz o'zimizga, nimaga qodirligimizga, qanday futbol o'ynashimiz mumkinligiga va qanday natijalarga erishishimiz mumkinligiga to'liq ishonamiz».
Shuningdek, Edegor «Arsenal»ning sobiq sardori Patrik Vieyradan olgan qo'llab-quvvatlash so'zlari haqida ham gapirib o'tdi: «U juda alohida etakchi. Undan xabar olish — bu juda qadrli. Endi biz ularning qo'lidan kelmagan ishni amalga oshirish imkoniyatiga egamiz».
Eslatib o'tamiz, «Arsenal» o'z tarixida ilk bor 2006 yilda Chempionlar Ligasi finalida ishtirok etgan va «Barselona»ga 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan edi.