"Arsenal" sardori va etakchi yarim himoyachisi Martin Edegor oktyabr oyi boshidan buyon tizzasidan olgan jarohatini davolamoqda.

26 yoshli norvegiyalik futbolchi Italiya - Norvegiya (2:4) o'yinidan so'ng o'z holati haqida ma'lumot berdi.

"Hammasi oldinga siljimoqda. Bugungi (yakshanba kuni bo'lgan Italiya - Norvegiya) o'yin sal keyinroq o'tkazilganda, undan ishtirok etishim mumkin edi. Ammo hozir barchasi yaxshi ko'rinmoqda, umid qilamanki, tez orada qaytaman", - dedi Edegor.

Hafta oxirida, 23 noyabr kuni "Arsenal" APL doirasida "Tottenxem"ni qabul qiladi.