Edegor "Liverpul"ga qarshi o'yinda "Arsenal" qaydnomasida bo'ladi

Londonning "Arsenal" klubi sardori Martin Edegor jamoasi bilan "Liverpul"ga qarshi safar o'yiniga yo'l oldi. Bu haqda Goal yozmoqda. Shuningdek, hujumchi Leandro Trossard ham Edegor bilan birga safarga yo'l oldi.
Eslatib o'tamiz, Edegor bir hafta oldin "kanonirlar"ning yakshanba kungi "Lids"ga (5:0) qarshi o'yinida jarohat olgan edi. Birinchi bo'limda norvegiyalik futbolchi noqulay tarzda elkasining ustiga yiqildi, to'qnashuvdan keyin yana bir necha daqiqa o'ynadi va keyin maydonni tark etdi.
Navbatdagi o'yinda "Arsenal"ga hujumchilar Gabriel Jezus va Kay Xaverts, shuningdek, vinger Bukayo Saka yordam bera olmasligi aniq.