Martin Edegor — Jahon chempionatlari tarixida statistika yuritila boshlagan davrdan (1966 yildan) buyon o'zining dastlabki uchta uchrashuvida golli uzatma amalga oshirgan uchinchi futbolchi bo'ldi.

Norvegiya terma jamoasi yarim himoyachisi Kot-d’Ivuar (2:1), Senegal (3:2) va Iroq (4:1) terma jamoalariga qarshi kechgan bahslarda bittadan golli pas berdi. Edegor Frantsiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda (1:4) maydonga tushmadi.

Bungacha faqatgina Igor Belanov (SSSR, 1986 yil) va Mixael Ballak (Germaniya, 2002 yil) Jahon chempionatlaridagi debyut uchta o'yinida shunday natija qayd eta olishgan edi.

Manba: Stadion.uz