"Arsenal" sardori Martin Edegor joriy mavsum Premer-ligadagi ilk golini urdi.

Yarim himoyachi Angliya Premer-ligasining 18-turida "Brayton"ga qarshi o'yinda darvozani ishg'ol qildi. 

Edegor bu mavsumda elka va tizzadagi muammolar tufayli har doim ham maydonga tusha olmadi. "Brayton"ga qarshi o'yin uning "Arsenal" safida Premer-liganing joriy mavsumidagi 12-bahs bo'ldi.