"Marsel" maydon markazini kuchaytirdi. Provansal jamoasi tarkibiga bir yillik ijara asosida 20 yoshli tayanch yarim himoyachisi Artur Vermiren kelib qo'shildi. Bu haqda frantsuz klubi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Vermerenning transfer huquqlari "RB Leyptsig"ga tegishli. 2024 yilning qishida yosh futbolchini Madridning "Atletiko" klubi 20 million evroga sotib olgan edi, biroq bir yil o'tgach, "buqalar" xavbekni Ispaniya poytaxti jamoasidan xuddi shu pulga sotib olishdi.

Qayd etilishicha, "Marsel" futbolchining ijarasi uchun 3 mln evro to'lagan. Frantsuzlarda futbolchini sotib olish huquqi bor. Vermirenning "RB Leyptsig" bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.

"Marsel" yangi mavsumda Evropa Chempionlar Ligasida o'ynaydi.