Chempionlar Ligasi 1/8 finalining dastlabki o'yinlari seshanba va chorshanba kunlari bo'lib o'tdi.

"Real Madrid" yarim himoyachisi Federiko Valverde EChLda haftaning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Bu kutilgan edi. Valverde "Real Madrid"ning "Manchester Siti"ga qarshi uy o'yinida xet-trik qayd etdi. "Los Blankos" 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

Ikkinchi o'rin "Atletiko Madrid"dan Xulian Alvaresga, uchinchi o'rin "PSJ"dan Xvicha Kvaratsxeliyaga va to'rtinchi o'rin "Bavariya"dan Maykl Olisega nasib etdi.