Abduqodir Husanov Evropa chempionlar ligasining eng tezkor futbolchilaridan biri.

Faqatgina Kilian Mbappe biroz tezroq yugurgan. Husanovning tezligi soatiga 34,7 km.gacha etgan. Mbappeda atigi 0,2 km/s yuqoriroq.

Shuningdek TOP-10likka Erling Xoland ham kirgan — 34 km/s.