2025/2026 yilgi Evropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichi javob o'yinida Italiyaning «Yuventus» hamda Turkiyaning «Galatasaroy» jamoalari o'zaro bahs olib boradi. Uchrashuv Turin shahridagi Alyants stadionida bo'lib o'tadi.

Evropa Chempionlar ligasi
Pley-off bosqichi, javob uchrashuvi
26 fevral 2026 yil, 01:00
«Yuventus» (Turin, Italiya) — «Galatasaroy» (Istanbul, Turkiya)
«Yuventus»: Perin, Gatti, Lokatelli, Kelli, Konseysau, Kopmeyners, Yildiz, Kalyulyu, Tyuram-Yulen, Makkenni, Devid.
«Galatasaroy»: Chakiir, Yakobs, Sanches Mina, Shallai, Gabriel Sara, Torreyra, Bardakdji, Osimxen, Yilmaz, Lang, Lemina.

Birinchi uchrashuvda «Galatasaroy» o'z maydonida «Yuventus»ni 5:2 hisobida mag'lub etgan edi.

Umumiy bosqich yakunlariga ko'ra, turinliklar 13 ochko to'plab 13-o'rinni egalladi. Istanbul jamoasi esa 10 ochko bilan 20-pog'onadan joy olgan.

Manba: stadion.uz