"Yuventus" Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 2-turida "Vilyarreal" mehmoni bo'ldi va 2:2 hisobida durang qayd etdi.

Uchrashuvning 18-daqiqasida mezbonlar forvardi Jorj Mikautadze hisobni ochdi. 49-daqiqada turinliklar Federiko Gattining goli evaziga hisobni tenglashtirgan bo'lsa, oradan 7 daqiqa o'tib, Fransishku Konseysau hisobda "keksa sinora"ni oldinga olib chiqdi.

Uchrashuvning 90-daqiqasida Renatu Veyga gol urib, ispan klubiga durang keltirdi.

"Yuventus" (2 ochko) Chempionlar Ligasining ushbu o'yinida ikkinchi marta durang o'ynadi. "Vilyarreal" (1) umumiy bosqichdagi ilk ochkosini qo'lga kiritdi.

"Vilyarreal" keyingi turda o'z maydonida "Manchester Siti"ga qarshi bahs olib boradi. O'yin 21 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. "Yuventus" 22 oktyabr kuni "Real" mehmoni bo'ladi.

Chempionlar ligasi, 2-tur

01.10.2025, chorshanba, 23:59

Vilyarreal - Yuventus - 2:2

Gollar: Mikautadze, 18 (1:0). Gatti, 49 (1:1). Konseysau, 56 (1:2). Veyga, 90 (2:2)

Vilyarreal: Tenas, Marin, Veyga, Pedrasa (Kardona, 76), Mourino, Parexo (Moleyro, 64), Gey, Komesanya, Byukenen (Oluvaseyi, 64), Mikautadze (Axomax, 76), Pepe

Yuventus: Perin, Gatti, Kelli, Kalyulyu, Lokatelli, Makkenni, Kabal (Joao Mariu, 16), Kambyaso (Rugani, 80), Kopmeyners (Konseysau, 46), Kenan Yildiz (Adjich, 80), David (Vlaxovich, 86)

Ogohlantirishlar: Axomax, 85 - Kabal, 6. Kambyaso, 77. Konseysau, 90

Manba: www.stadion.uz.