Joao Pedro, Andreas Skellerup, Malik Tillman va Aleksis Makallister Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga da'vogarlik qilmoqda.

"Chelsi" hujumchisi Joao Pedro "Napoli"ga qarshi o'yinda (3:2) dubl qayd etdi.

"Benfika" vingeri Andreas Skellerup "Real" darvozasiga ikkita to'p kiritdi (4:2).

"Bayer"ning hujumkor yarim himoyachisi Malik Tillman "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda (3:0) ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi.

"Liverpul" yarim himoyachisi Aleksis Mak Allister "Qorabog'"ga (6:0) qarshi bahsda dubl qayd etdi.