EChL. Seshanba kungi o'yinlar hakamlari e'lon qilindi

16 sentyabr kuni Chempionlar ligasida bo'lib o'tadigan «Real», «Arsenal» va «Yuventus» o'yinlari uchun hakamlar tayinlandi.
Madridliklar umumiy bosqich doirasida «Marsel»ni qabul qiladi. Uchrashuvning bosh hakami — Bosniya va Gertsegovinadan bo'lgan Irfan Pelto (suratdagi) bo'ladi. VAR uchun Niderlandiyalik Dennis Xigler javobgarlikni oladi.
«Arsenal» safarda «Atletik» bilan to'qnash keladi. Hakamlar brigadasiga Litva vakili Donatas Rumshas boshchilik qiladi. VARda esa niderlandiyalik Pol van Bukel faoliyat olib boradi.
«Yuventus» o'z maydonida «Borussiya» Dortmundni qabul qiladi. Uchrashuvni frantsiyalik bosh hakam Fransua Letekse boshqaradi. Unga VARda vatandoshi Jerom Brisar yordam beradi.