«PSJ» o'z maydonida Chempionlar ligasi 1/4 finalining ilk uchrashuvida «Liverpul» ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Gollarga vingerlar Dezire Due va Xvicha Kvaratsxeliya mualliflik qilishdi.

Javob uchrashuvi 14 aprel kuni Angliyada bo'lib o'tadi.

Evropa Chempionlar Ligasi. 1/4 final
08.04.2026 | 23:59
«Park de Prens», Parij

PSJ — «LIVERPUL'» — 2:0
Gollar: Dezire Due 11 (1:0), Xvicha Kvaratsxeliya 65 (2:0).

PSJ: Safonov, Markinos, Pacho, Nunu Mendesh, Xakimi, Vitinya, Zair-Emeri, Joau Nevesh, Kvaratsxeliya, Due (Li Kan In, 78), Dembele (Ernandez, 88).

«Liverpul»: Mamardashvili, van Deyk, Jo Gomes, Konate, Soboslai (Robertson, 78), Aleksis Makallister, Gravenberx, Kerkez (Kyortis Jons, 78), Frimpong (Noni, 90+1), Florian Virts (Aleksander Isak, 78), Ugo Ekitike (Gakpo, 78).

Ogohlantirishlar: Jo Gomes (28), Aleksis Makallister (31).

Manba: www.stadion.uz.